Davlatobod tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 84-sonli Umumiy oʻrta taʼlim maktabi va unda faoliyat yuritayotgan pedagog va texnik xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojjatnomalari yuzasidan oʻquv seminarlari tashkil etildi.
Tashkil etilgan seminarlar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maʼnaviyat bo‘limi mutaxassisi D.Baltibayeva hamda N. Sharipova tomonidan olib borilib, davlatimiz rahbarining murojaatnomalarining mazmun-mohiyati, xususan, 2025-yilda iqtisod, taʼlim, sport va boshqa turli sohalarda erishilgan yutuqlar hamda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da belgilangan 6 ta asosiy vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Seminar yakunida taʼlim taʼshkiloti rahbarlarining fikr- mulohazalari tinglandi



