Namangan viloyati Davlatobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 84-umumta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi Fozilova Gulizero tomonidan 11-“A” sinfda o‘tkazilgan ochiq darsdan fotolavhalar. Mazkur ochiq dars ta’lim sifatini yanada oshirish, axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Dars jarayonida o‘quvchilar yuqori faollik bilan ishtirok etib, informatika fanining hayotiy kasblar bilan uzviy bog‘liqligini amaliy misollar orqali namoyish etdilar. Ochiq dars davomida o‘quvchilar ilmiy va nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy texnologiyalarning turli sohalardagi, xususan sport va tibbiyotdagi o‘rnini yoritib berdilar. Shuningdek, uch avlod texnologiyalaridan foydalanib, ularning afzallik va kamchiliklarini tahlil qildilar. Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar bilimlarini mustahkamlab, hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Dars mazmunan boy, innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda samarali tashkil etildi.



